Gistamin
Gistamin (Histaminum) — gi- stidin aminokislotasi hosilasi. Bio- gen aminlarga kiradi. To’qima gormoni bo’lib, kuchli biologik ta’sirga ega. Hayvonlar va odamning turli a’zo va to’qimalarida nofaol shaklda bo’ladi. Sintezlab ham olinadi. Anafilaktik shok, yallig’lanishlar va allergik reak- tsiyalarda (q. Allergiya) ko’p ajraladi. Me’da shilliq qavatidagi bezlarni qo’zg’atib, shira ajralishini kuchaytira- Di; mayda qon tomirlarni kengaytirib, qon oqishini tezlatadi. G. qon tomirlar- ning spastik qisqarishiga qarshi dori.