GISTEREZISLI ELEKTR DVIGATEL

GISTEREZISLI ELEKTR DVIGATEL — elektr dvigatelining bir turi. Rotori tsilindr yoki disk shaklida chulg’amsiz qilib ishlanadi. G. e. D.ning yurgizish momenti rotor materialida- gi gisterezis hodisasi asosida, aylan- tirish momenti esa rotorning qoldiq magnit maydoni b-n statorning aylanish maydoni kesishishidan hosil bo’ladi. G. e. D. boshqaturdagi elektr dvigatella- riga nisbatan ish ko’rsatkichlari yaxshi, mustahkam, ko’pga chidaydi, shovqinsiz va turli tezliklarda ishlay oladi. Kam quvvatli elektr yuritmalari va avtoma- tik boshqarish tizimlarida ishlatiladi.