Gitaraning vatani qayerda?

Gitara — torli tirnama musiqa asbobi. Gitaralar olti — va yettitorli bo’ladi. Gitaraning vatani noma’lum. U qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan, ikkinchi vatanini Ispaniyadan topgan, hali VIII—IX asrlardayoq mamlakakatning hamma tarafiga yoyilgan, degan taxminni ilgari surishadi. Keyinchalik esa gitara Ispaniyadan butun Yevropaga tarqaladi. Uni Italiya, Germaniya, Fransiya va Rossiyada e’tirof etdilar va yaxshi ko’rib qoldilar. U hattoki ummonni «kechib o’tdi» va Amerikaga borib qoldi. Shuni komil ishonch bilan aytish mumkinki, gitara — eng ko’p tarqalgan musiqa asbobi. Har qanday dasta gitaradan boshlanadi. Uni safarga o’zlari bilan birga olib chiqishadi, u uyda va estradada, kontsert zalida va o’rmondagi ixcham chaylada jaranglaydi. Ushbu ommaviy musiqa asbobining boshqa bir turi — Gavayya gitarasi bor. U oltitorli bo’lib, torlari ostiga charm tortilgan. Uni maxsus noxun — plektr bilan chalishadi. Qolgan gitaralarning jarangor tembridan farqli o’laroq Gavayya gitarasining sadosi yumshoq, cho’ziq va andak manqaroqdir. Aksariyat buyuk kompozitorlar gitara uchun o’z asarlarini maxsus bastalashgan. Uning bilan kontsertlarda gitaranavoz sifatida ko’p qayta qatnashgan daho skripkachi Paganini gitarani jonu dilidan sevar edi.