Musiqa asboblaridan qaysi biri bir vaqtning o’zida gitara, barbat va mandolinaning qarindoshi sanaladi?

Balalayka ana shunday musiqa asbobidir. XVIII—XIX asrlarda u chamasi eng ko’p tarqalgan xalq cholg’u asbobi bo’lgan. Uning sadolari ostida bayramlarda raqsga tushishgan, qo’shiqlar kuylashgan, u haqda ertaklar to’qishgan. Balalaykada uchta tor mavjud, ular yordamida soddapaqir musiqa to’qish mumkin. Bundan salkam yuz yilcha avval musiqa ixlosmandlari balalaykaga e’tibor bilan qaraydilar, oddiy, «mujikona» cholg’u asbobiga yangi hayot baxsh etishni istab qolishadi: uni konsert zallariga yetaklab kirish kerak edi. Eng avvalo balalaykani takomillashtirdilar va 1887 yili Peterburgda «balalayka chalish havaskorlari to’garagi»ni tuzadilar, to’garak keyinchalik Ulugrus orkestriga aylanadi. Endilikda rus balalaykasi butun jahonga tanilgan. Bir talay kompozitorlar uning uchun asarlar yaratmoqdalar.