Qaysi musiqa asbobi barcha musiqa asboblarining bobokaloni sanaladi?

Eng qadimiy musiqa asboblaridan biri — Arfa. Uning tarixi bir necha asrlarning boshini oqartirdi. Arfa hali bashariyat sivilizasiyasining tongidayoq paydo bo’ldi va birinchi torli musiqa asbobiga aylandi. Yoy shakliga ega bo’lgan ushbu musiqa asbobini qadimgi Misr va Yunonistonda yaxshi ko’rishardi. O’rta asrda Arfa Yevropada nihoyatda keng tarqaladi. Arfaning tasviri hattoki Irlandiyaning milliy gerbiga kiritilgan. Bora-bora u kibor musiqa asbobiga aylana boshladi. Arfani oltin, nodir toshlar bilan to’ldirib bezatardilar. Uning latif sohirona ovozi shoirlarni asir etgan. XIX asrda «botartib jamiyat» dan bo’lmish har bir yaxshi tarbiya ko’rgan qiz bola arfa chalishni bilmog’i shart edi. Endilikda arfa, albatta, obdon o’zgargan va o’zining o’rta asrlardagi ajdodlaridan ancha-muncha farq qiladi. Arfada nafis ko’rinishdagi o’ymalar bilan ziynatlangan uchburchak metall asosga tarang tortilgan 45-47 ta tor mavjud. Uning yetti xarragi-pedali yordamida jaranglashi maftunkor musiqa hosil qilish mumkin.