Musiqa asboblari ichida eng kattasi qaysi biri?

Musiqa asboblari ichida eng kattasi, albatta, organdir. Uni chalish fortepyanoni chalishga juda o’xshash, ovoz xuddi undagidek tugmachalarni bosish tarikasida hosil qilinadi. Biroq, fortepyanodan farqli o’laroq organ torli emas, balki puflama cholg’u asbobidir va tugmali cholg’u asboblariga emas, basharti oddiygina, jajji nayga — Misrda 6 000 yildan ortiqroq muqaddam paydo bo’lgan qadimiy puflama cholg’u asbobiga qarindosh bo’ladi. Hali murakkab musiqa asboblari mavjud bo’lmagan qadim-qadim zamonlarda turli kattalikdagi bir necha qamish hushtaklarni bir joyga birlashtira boshladilar. Bu cholg’u asbobi yunon asotirlarida Pan nayi sifatida zikr etiladi. Pan — o’rmonlar va chakalakzorlar ilohi. Rivoyatlarda naql qilinishicha, kunlardan bir kun daryo yoqasida o’tirgan Pan qamishga puflaydi va u orqali o’tayotgan nafasi ohangdor sado chiqarayotganini payhab qoladi. Shunda iloh Pan har xil uzunlikdagi bir necha hamishlarni sindirib oladi, ularni birga bog’laydi va shunday qilib ajoyib musiqa hosil bo’ladi. Bitta nayni chalish oson edi, chunki havo kam talab qilinardi. Birvarakayiga bir nechtasida kuy chalish esa qiyin — nafas yetishmasdi. Shu bois ajdodlarimiz inson nafasi o’rnini bosa oladigan mexanizmni izlay boshladi. Havoni qizdiradigan damlar ana shunda yarab qoldi. Shu tarzda, organ vujudga keldi. Asrlar kechaverdi — u ham takomillashib boraverdi. Ijro pulti yoki stol, bir-birining ustiga joylashgan bir necha tugmauyalar klaviaturalar, ulkan tugmalar — oyoqlar uchun pedallar paydo bo’ldi. Klaviaturalar ustida knopkalar yasadilar. Har bir klaviaturaga bir necha o’nlab va hatto yuzlab bir xil balandlikdagi, lekin har xil tembrda ovoz chiqaradigan quvurlar mos keladigan bo’ldi. Ularni registr qalamchasi bilan qo’shish va ajratish mumkindir, shunda kompozitor va ijrochining xohishiga ko’ra organ ovoz gohi naynikiga, gohida surnaynikiga yoxud boshqa cholg’u asboblarinikiga o’xshab chiqa boshlaydi; u hattoki qushlarning sayrog’iga tahlid qila olishi mumkin. Organ, Rossiyada dunyoviy musiqa asbobi edi, chunki pravoslav kalisolarida katoliklarnikidan farqli o’laroq uni hech qachon o’rnatishmagan. Hozirda organ musiqasini konservatoriyada tinglash mumkin. Ba’zida organ simfoniya yoki oratoriyaga kiritiladi.