Gobelen

Gobelen (rus.) — qo’lda tasvir hosil qilib to’qilgan gilam (shpaler), badiiy buyum. Parij manufakturasi (1662)ning mahsulotlari dastlab shunday atalgan (15-a.ning mashhur bo’yoqchilari Gobelenlar nomidan). G. rangli jun va ipak (ba’zan tilla va kumush) iplar b-n rassomlar (manufaktura boshqaruvchisi rassom Sh. Lebren, 18-a.da F. Bushe, J. B. Udri va b.) kartondan buyumning ta- biiy kattaligida bajargan tasvirlari asosida to’qilgan. Mac, Rafael Vatikan uchun havoriy (apostol)lar hayotiga oid shpalerlar turkumi kartonlarini chizib bergan, to’quvchi ustalar shu kartondan foydalanib g. to’qiganlar. Alohida- alohida to’qilgan bo’laklar bir-biriga tikilib yaxlit tasvir hosil qilingan. G.ning uziga xos xususiyati o’ngining chiviqli yuzasi va orqa tomonining no- tekisligidir. 17— 18-a.lar g.lari yuk- sak badiiyligi (tarixiy, afsonaviy, diniy va adabiy mazmuni) b-n mashhur bo’lgan, shu tufayli boshqa manufaktu- ralarda taqlidan yaratilgan shpalerlar ham g. deb atala boshlangan. 19-a.dan pat- siz, patli, gilamsimon to’qima matolar, hatto tasvir ishlangan kigizlar ham g. deb atala boshlandi. Hozir qo’lda va ma- shinalarda tabiiy va sun’iy tolalardan to’qilgan patsiz, patli mebel matolari, turli bezak matolar ham g. deb ataladi. O’zbekistonda G. 1960-y.lardan to’qila boshlandi. 1970-80 y.larda keng tarqaldi. M. Churlu, Ya. va A. Ishoqovlar, L. Taldikina kabi ustalar samarali mehnat qildilar. G.ning asosiy markaz- lari Toshkent va Farg’ona sh.laridir. Farg’ona (V. Useinova, L. Semizarova, S. Shixova va b.) va Toshkent (M. Tyurina, R. Ibrohimova va b.) ustalari bu sohada barakali ijod qilmoqda. O’zbekiston G.larida Sharq bezaklari, tabiat manza- ralari, mahalliy tasvir, rang-baranglik ustun turadi. Yana q. Gilamchilik.