Go’ng
Go’ng — mahalliy organik o’g’it; otxona, molxona va qo’y qo’ralaridan chiqadi. Tarkibida o’simliklar uchun za- rur bo’lgan azot va kul elementlari bor. Organik modda (g. quruq moddasining asosiy qismi) tuproq tarkibini, uning suv va havo rejimini, fizik, kimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi. G.dagi sa va Mg tuproq kislotaliligini kamay- tiradi. Foydali mikroorganizmlar uning biologik faoliyatini oshiradi. G. o’simliklarda organik modda sinte-zini kuchaytiradigan SO2 manbalari- dan biri. G. tuprok, unumdorligiga bir necha yil ijobiy ta’sir ko’rsatadi (q. Mahalliy o’g’shplar). G.ni gektariga 30 t hisobida mineral o’g’itsiz har yili so- linganda tuproqdagi organik modda ba- Lansini ta’minlaydi. G.ning tarkibi va o’g’itlik xususiyatlari hayvon turiga va em-xashak sifatiga, ayniqsa g.ni yig’ish usullari va saqlashga bog’liq. Hayvon is- te’mol qilgan em-xashakdan 40% ga yaqin organik modda, 50-70% azot, 80% fos- for va 9,5% kaliy g.ga o’tadi. To’shamasiz G. quruq, yarimsuyuq va suyuq holda bo’ladi. Quruq G. hayvonlar atrofi o’ralgan may- donlarda boqilganda yig’iladi, uning namligi 10— 12%ni tashkil etadi, yarim suyuq g. sut-tovar fermalarida mollar og’ilxonalarda boqilganda yig’iladi, namligi 80-90%; suyuq g. go’ngni toza- lash uchun gidroyuvgich qo’llaniladigan go’sht etishtiruvchi sanoat majmuala- rida yig’iladi. Suyuq G.ning namligi 95-98%. Quruq G. yangi, chala chirigan, chirigan bo’lishi mumkin. Chirigan G. bir xil qoramtir tusda, xascho’plari 50% chirigan bo’ladi. Uni kuzda yoki ve- getasiya davrida ham ishlatish mumkin. G.ni erga go’ng soluvchi mashinalar yorda- mida shudgorlash oldidan solish asosiy usul qisoblanadi. G. o’simliklarning ri- vojlanishi hamda hosildorligiga sezi- larli ta’sir ko’rsatadi (mas, 1 t go’ng gek- taridan 61 kg qo’shimcha paxta hosili olish imkonini beradi). Shuningdek, go’ngdan sizib chiqadigan go’ng shaltog’i tez ta’sir ko’rsatuvchi mahalliy o’g’it hisoblanadi. Uning tarkibida o’rtacha 0,3—0,5% azot, 0,3% fosfor va 0,4—0,6% kaliy bor. Kompost tayyorlashda va bevosita o’g’it sifatida ishlatiladi. Erga solishdan bir hafta oldin 1 hissa shaltoqqa 3— 4 hissa suv qo’shib qo’yiladi, so’ngra suyuq o’g’itlagich mashinasida g’o’za yoki boshqa ekin qator oralariga, gektariga 8-10 t hisobidan 10-15 sm chuqurlikka Soli- nadi, shuningdek, suvga qo’shib egatlarga oqiziladi. G. shaltog’ini yig’ishda mol- xona va otxona yo’lagining ikki chetiga ariqcha qilinib, ariqcha etagiga 2-3 m chuqurlikda o’ra qaziladi. O’ra tubi, de- vorlari tsementdan ishlanib, suyuqlik sizilmaydigan qilinadi. Go’ngxonalarda ham bunday o’ralar bo’ladi, go’ngdan chiqadigan shaltoq shu o’raga to’planadi. Bir yilda har bosh qoramoldan 1,5—2,2 m3 g. shaltog’i yig’iladi. Xurshida Risqieva, Turop Hojiev.