G’OZI YUNUS

G’OZI YUNUS (taxallusi; asl nomi Yunusov G’ozi Mahammad) (1889, Toshkent — 1942, Vologda, Rossiya) — dramaturg, tanqidchi, jurnalist, tarjimon. Baroqxon-Navro’z Ahmad madrasasida tahsil olgan. «Turon» truppasida ishtirok etgan. «Ochlarga yordam qo’mitasi»da sarkotib (1917). 1918-20 yillarda «ishchilar dunyosi» va «Turk Rosta»da bo’lim mudiri va mas’ul muharrir. «Mehnatkashlar tovushi» gazeta tashkilotchisi va mas’ul muharriri (1919). 1920-24 yillarda «Ishtirokiyun», «qizil bayroq», «Turkiston» gazetalarida adabiy xodim, mas’ul muharrir, bo’lim mudiri. 1923 yilda «Mushtum» jurnalni tashkil etgan. Shuningdek, 1918-20 yillarda «nashri G’ozi Yunus» xususiy nashriyotini tashkil qilgan va ilmiy-badiiy asarlarni chop etib. tarqatgan. 20-yillar 2-yarmida matbuotda sho’ro hukumati siyosatini fosh etuvchi maqola. reportaj, hajviyalar e’lon qilgani uchun firqadan o’chirilib. ishdan bo’shatilgan. 1926-37 yillarda «qizil O’zbekiston» gazetasida, «O’zdavnashr»da, «qishloq xo’jaligi» jurnalida Musahhih. G’ozi Yunus milliy matbuotda faol qatnashgan. U «G’us». «G’urt», «Qo’rqoq ayyor», «bog’bon», «to’qmoq», «sha-paloq maxdum» kabi 30 dan ortiq taxallus qo’llagan. U matbuotda milliy teatr, dramaturgiya. rejissura, ijrochilik san’atining dolzarb muammolarini ko’targan. «Zahhoki Moron» (4 pardali drama, 1920), «turma xotiralari yoxud haqsizlik kasofati» (she’riy doston 1917) kabi asarlar muallifi. V.Bartoldning «Islom tarixi», L.Tolstoyning «Bolalik» va boshqa asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1937 yilda qamoqqa olinib. Vologda viloyatiga surgun qilingan. 1942 yilda ochlikdan vafot etgan. 1957 yil 22 yanvarda oqlangan. Sirojiddin Ahmedov.