Grafik usullar
Grafik usullar, i. ch.ni boshqarishdagi grafik usullar — biron- bir tashkiliy yoki boshqaruv ishlarini shartli tasvirlash usullari. Dastlab, 20-a. boshlarida AQSh muhandislari F. U. Teylor va g. L. Gantlar i. ch.ni boshqarishni tashkil etish usullaridan biri sifatida qo’llaganlar. G. u. yordami- da boshkarish jarayonlarini modellash masalalari hal qilinadi, turli omil-lar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, hisob ko’rsatkichlari aniqlanadi, xo’jalik amallari nazorat qilinadi, guruhlarga ajratiladi. I. ch.ni boshqarishda tas- viriy-axborot (bezak-informasion) operativ, analitik va hisob grafikla- ri ishlatiladi. Tasviriy-axborot aniq belgilangan, oldindan tekshirilgan, boshqariluvchi jarayonlarning haqiqiy holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar- dan tuziladi; operativ grafiklar va- zifalarni tez su’rat b-n hal qilishda qo’llaniladi; analitik grafiklar mantiqiy va matematik qayta ishlangan ma’lumotlardan tuziladi; hisob grafi- klar (mas, nomogrammalar) o’zgaruvchan ko’pdan-ko’p qiymatlarga bog’liq bo’lgan funktsiyani hosil qilishga imkon bera- digan axborotlar bo’ladi. G. u.da sxema, diagramma, jadvallar va b. chizma vosita- lardan foydalaniladi. EHM va kompyu- terlar paydo bo’lgandan so’ng g. u. vazifa- lari shular zimmasiga Yuklanmoqda. Le- kin g. u. hali ham o’z nufuzini yo’qotgani yo’q.