Grizayl nima?

Grizayl — bu, yakrang, odatda dekorativ rasm. Nur va ko’lanka tuslanishlariga nimtuslar yoxud oq rang bilan birlashish vositasida erishiladi. Grizayl texnikasi dekorativ va amaliy san’atda keng tarqalgan: gazlamalar va gulqog’ozlarga gul bosish (rasmlarni chop etish), sopol naqshlari. Ko’mir yoki sangina bilan rasm chizish rassomchilikning bu turini takrorlaydi. Tafovut faqatgina rangda: ko’mir bilan chizilgan tasvir qora-oq, sangina bilan chizilgani — qizg’ish-jigarrang, grizayl esa — odatda kulrang yoinki zangori rangda bo’ladi. Grizayl gravyurada ko’p qo’llanadi. Mis taxtachaga ko’k bo’yoq bilan ishlangan, oldindan ohorlangan botiqlarni to’ldiruvchi rasm lavis deb yuritiladi. Bu usul shaklning hajmdorligini bera olish uchun qo’llanadi.