Hakim Nazir

Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich) (1915.15.10, Toshkent) — bolalar yozuvchisi. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1984). Toshkent kechki pedagogika instituti (1941) va Moskvada Oliy adabiyot kursini (1956) tugatgan. Yoshlar gazetasi va jurnallarida (1933-41), O’zbekiston radio qo’mitasida (1942— 53), badiiy adabiyot va san’at nashriyotida (1956-61) ishlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib (1953-54), adabiy maslahatchi (1954-78). Ilk hikoyalar to’plami — «Qishloqdagi jiyanlarim» (1948)da qishloq bolalarining hayoti va mehnati tasvirlangan. Oybek, Abdulla Qahhor va boshqalar ijodidan mahorat sirlarini o’rgangan. «Ko’korol chiroqlari» qissasi (1954; qayta ishlangani — «so’nmas chiroqlar», 1958)da mehnat jarayonida yoshlar xarakteridagi ijobiy fazilatlar shakllanishi tasvirlangan. «Suv gadosi…” (1962), «yonar daryo» (1965) qissalarida cho’lga obi-hayot keltirish, gaz konini ochish uchun kurashayotgan yoshlar obrazi yaratilgan. «Lochin qanotlari» romanida (1973) 2-jahon urushi davri voqealari aks etgan. «Ko’kterak shabadasi» qissasi (1968) katta yoshdagilarga bag’ishlangan. «Kenjatoy» qissasi, «chiranma g’oz— hunaring oz» pyesasi, ocherklar, hikoya va maqolalar muallifi. A.Gaydar, P.Pavlenko, L.Kassil, V.Katayev va boshqalarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1981). As: tanlangan asarlar [5 j.li], T., 1977-81; Vetrm Kokteraka. Povest i rasska-Zn. M., 1961; sabirvnuk. Nadire, Povest, M., 1979. Ad.: Normatov M., Hakim Nazir. Ijodiy yo’li. T., 1973.