Hakimov Akbar Abdullayevich

Hakimov Akbar Abdullayevich (1949.9.8, Termiz shahri) — san’atshunos, O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademik (1997), san’atshunoslik fanlari Doktori (1993), professor (1996). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1972). 1969 yildan San’atshunoslik institutida katta laborant, ilmiy xodim (1979-82), bo’lim mudiri (1982— 92), direktor o’rinbosari (1992— 97; 2000-05 yillarda direktor vazifasini bajaruvchi); 2005 yildan yetakchi ilmiy xodim. Ayni paytda O’zbekiston Badiiy Akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1997-2005). Hakimovning ilmiy ishlari O’rta Osiyo badiiy hunarmandligi masalalarini o’rganishga bag’ishlangan. Hakimov bir qancha xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi, qo’rgazmalar loyaihasi va ularga tuzilgan kataloglar hammuallifi («Orol fojiasi», «O’zbekiston — Amir Temur vatani» va boshqalar) «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000). As: Iskusstvo Tsentralnoy Azii, L., 1987; Sovremennoe dekorativnoe iskusstvo tsentralnoy Azii, T., 1988; Sovremennaya dekorativnaya plastika Respublik Sredney Azii, T., 1999; Iskusstvo Nasiy, M., 2000.