Hasan qayg’i

Hasan qayg’i, asan qayg’i (to’liq ismi Hasan sobit uli) [taxminan 1370— 1465, Sariarqa (Ulitov)] — qozoq shoiri, usta jirov. Ijodi Xorazm o’zbeklari, qoraqalpoq va qozoqlari orasida keng tarqalgan. Oltin O’rda xonlaridan ulug’ Muhammad saroyida xizmat qilgan. Ulug’ Muhammad vafotidan so’ng Dashti Qipchoqqa qaytgan. Hasan qayg’ining she’r-to’lg’ovlari hozirgacha xalq orasida mashhur. Ularning aksariyati so’nggi davrlarda yozib olinib, ba’zi birlari e’lon qilingan («ko’lda yurgan qo’ng’ir g’oz, qir qadrini ne bilsin», «oq bilaging bo’lmasa, bilaguzuk solmoq ne foyda» va boshqalar). Asarlarida shoir xalq taqdiri, ahvoli haqida ko’p o’ylab, qayg’urib, g’am chekkan (qayg’u — «qayg’i» taxallusi ham shundan). She’rlari falsafiy-didaktik mazmunda bo’lib, turli to’plam, antologiya, bayozlarga kirgan. Dastlab To’g’aloq molda uning she’rlarini «Hasan qayg’i so’zi» nomi bilan nashr ettirgan (1938). Xalq orasida «Hasan Hofiz» nomi bilan mashhur.