Hasanov Po’lat Fattohovich

Hasanov Po’lat Fattohovich (1937.15.12, Toshkent viloyati) — nazariy elektrotexnika sohasidagi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), texnika fanlari Doktori (1975), professor (1977). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1960). Shu institutda laborant, laboratoriya mudiri (1960-64), katta o’qituvchi (1965-72), kafedra mudiri (1972-95). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida bo’lim, keyin boshqarma boshlig’i (1996-99). Davlat Test markazi direktori maslahatchisi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga qarashli fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida ilmiy maslahatchi (1999 yildan). Ilmiy ishlari axborot-o’lchov texnikasi, elektron zanjirlar nazariyasi, robotlar texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va masofaviy ta’lim tizimiga doir. As: Figurno-tochechnme modeli i dia- opredeliteli matris, T., 1975; Preobrazovaniya sxem elektricheskix i elektronnix tsepey, T., 1978; robot texnikasining formal modellari, T., 1994.