Hirot jome masjidi

Hirot jome masjidi – Afg’onistondagi me’moriy yodgorlik (1200-14-asrlar). Shoh G’iyosiddin Muhammad ibn Sam hukmronligi davri (1193 -1202)da qurila boshlangan, o’g’li va vorisi tomonidan nihoyasiga yetkazilgan. Masjid mahobati va ko’lami jihatidan Bibixonim jome masjididan ham ulug’vor bo’lgan. Masjid hovlisi (tarhi 95×75 metr) ravoqli galereya bilan o’ralgan; masjidning o’ziga xos tomoni hovli ko’lamidan kelib chiqib yon ravoqlari 2 qavatli qilib ko’tarilgan. Hovlining shimol tomonida G’iyosiddin Muhammad ibn Samning gumbaz bilan yopilgan daxmasi (ziyoratxona) joylashgan; ziyoratxona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Zilziladan zararlangan masjid binosi 1498-1500 yillarda Alisher Navoiy rahbarligida uning mablag’iga qayta tiklangan. 1936-44 yillarda ta’mirlangan, shu davrda yonida minoralari bo’lgan yangi peshtoq qurilgan.