Haydaraliyev Hamdam

Haydaraliyev Hamdam (aslida Tosh-Xo’ja Rasulxo’jayev) (1887, Namangan — 1922, Shahrixon) — o’zbek xalq professional artisti, raqqos, ashulachi, chavandoz. Sahnada katta ashula, raqs bilan lapar ijro etgan. «Ot o’yin» tomoshasida otning buyni va qornidan aylanish, egar ustida charx urish, ot ustida tik turib otni choptirish, 2 — 3 ot ustidan bir-biriga sakrab o’tish, maymun o’ynatish va boshqa o’yinlarni namoyish qilgatch. Rus, fors, Arab, turk tillarini yaxshi bilgan, shu tillarda ashula aytgan, raqslar ijro etgan. «Ko’p erdi», «bir kelib ketsun», «Noma yozding» kabi katta ashulalarni taqsimcha tutib otasi bilan aytgan. O’zi yozib ijro etgan «noz o’zgachayu, sitam bo’lakcha» ashulasi el orasida mashhur.