Haykal Muhammad Husayn

Haykal Muhammad Husayn (1888. 10.8, Kafrgannam — 1956.8.12, Qohira) — Arab yozuvchisi, adabiyotshunos va davlat arbobi (Misr). Qohira huquqshunoslik bilim yurtini tugatgan (1909). Frantsiyada siyosiy iqtisod va huquq fanlarini o’rgangan (1909-12). Konstitusion- liberalistlar partiyasi muassisi — «Siyosat» jurnalni boshqargan (1922-33). 1943-52-yillarda shu partiyaning raisi. Maorif vaziri (1937— 44), davlat vaziri va Senat raisi (1945-50). Dastlabki «Zaynab» (1914) romani bilan Misr Nasri rivojida yangi bosqichni boshlab bergan. «Muhammadning hayoti» (1929), «Misr siyosati haqida xotiralar» (1-2- jild, 1951-53), «u shunday yaratilgan» (1955) kabi asarlarida mamlakat tarixi, adabiyotning taraqqiyoti, siyosiy hayot va boshqalar mavzularga murojaat qilgan.