Hazrati Imom majmuasi, Hastimom

Hazrati Imom majmuasi, Hastimom — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (16-20-asrlar); majmua Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Gsh-Qaffol Shoshiy qabri atrofida shakllangan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston va me’moriy yodgorlik majmuasi Hazrati Imom nomi bilan ataladi. Dastlab Baroqxon madrasasi, keyinroq Qaffol Shoshiy maqbarasi, 16-asr oxirlarida Suyunchxo’jaxon va noma’lum maqbara, 1579 yilda Abdullaxon II mablag’iga qo’sh uslubida Shayx Bobohoji maqbarasi qurilgan (saqlanmagan). 16-asrda majmua tarkibida sayrgoh bog’barpo etilgan, ayvonlar qurilgan, hovuz atrofi ko’kalamzorlashtirilgan, xalq sayillari o’tkazilgan. 19-asr o’rtalarida Toshkent namozgohi (Tillashayx masjidi), Mo’yi muborak madrasasi, jome masjidi (saqlanmagan) bunyod etilgan. 20-asr boshlarida Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Eshon Boboxon ham shu joyda dafn etilgan. Hazrati Imom majmuasida O’zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan.