Hindiston

Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan Janubga 3214 kilometr, g’arbdan sharqqa 2933 kilometrga cho’zilgan. Shimolda Himolay tog’lari, garbda Arabiston dengizi, Sharqda Bengaliya qo’ltigi bilan o’ralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qo’ltig’idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 million km2. Aholisi 1 milliard 49,5 million kishi (2002). Poytaxti — Dehsh shahri. Ma’muriy jihatdan 28 shtat (z(a(e) va 7 ittifoq hudud ((EGP(OGU)ga bo’linadi. Davlat tuzumi. Hindiston — Federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi Konstitutsiyasi 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik o’zgartishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — Prezident (2002 yildan A.P.J. Abdul Kalam). U parlamentning ikki palatasi va Shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari a’zolaridan iborat saylovchilar hay’ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident Pa ikki palata — Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (log sabxa)dam iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Hindiston qirg’oqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim oroli va Hindgang tekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum tog’larining bir qismini o’z ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitog’lik. Hindiston yarim orolining deyarli hammasini Dekan yassitog’ligi egallagan (sharqqa tomom 900 metrdan 300 metrgacha pasayib boradi). Hindiston yarim oroli shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland tog’tizmasi — Himolay (Hindistonda balandligi 8126 metr, Nangaparbat tog’i) va Qoraqurum tog’lari Hindistonni shimoldan to’sib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap toshko’mir, temir rudasi, titan, oltin, tabiiy gaz, marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qo’rg’oshin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli iqlim. Iyun — oktabrda issiq va nam, noyabr— Fevralda quruq, salqin, mart — mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog’inning 70-90% yog’adi. Yillik yog’in G’arbiy gat va Himolay tog’larining shamolga ro’para yom bag’irlarida 5000— 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryog’in joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolining Markaziy qismida 300-500 mm. Yanvarning o’rtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (Janubda), may oyiniki hamma joyda 28— 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Tog’larda o’rtacha temperatura yanvarda — g, -8°, iyulda 18-23°. Asosiy daryolari: Gang, irmog’i Jamna, Hind (g’oqori oqimi), Braxma-Putra (quyi oqimi), Narmada, Godavari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomg’irlari davrida toshadi), sug’orishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, dekan yassitog’ligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz bo’yi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay tog’lari yom bag’rida tog’-jigar rang, sariq, tog’ qo’ng’ir-o’rmon. podzol, tog’-o’tloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. O’simliklardan akasiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% o’rmon. Himolay tog’larinish quyi yon bag’irlarida terak, yuqorida tik, sandal, Himolay kedri, qoraqaragay, oqqarag’ay o’sadi. G’arbiy gat tog’lari yon bag’ri, Gang va Braxma- Putra deltalari, Sharqiy Himolay tog’oldi doim yashil o’rmonlardan iborat. Hindistonda o’simliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda yer yuzida mavjud bo’lgan barcha o’simlikning yarmidan ko’pini uchratish mumkin. Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yo’lbars, mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi, ilonning deyarli barcha turi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bog’ va 420 dam ortiq qo’riqxona mavjud. Yirik milliy bog’lari: Kaziranga, Manas, dachigan, Dadva, «gullar vodiysi» (Uttar-Pradesh), Sariska va boshqalar. Aholisi. Hindiston — dunyoda eng ko’p millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda so’zlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-Yevropa tillarining hind-oriy tillari guruhida so’zlashuvchi xalqlar — hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shimol va shimol-sharqida Tibet-birma tillarida so’zlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. Aholining ko’pchiligi (83%) hinduiylik diniga e’tiqod qiladi; Islom (10%), xristian (2%), Sikhizm (2,5%) va b. dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, bombay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kanpur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau. Tarixi. Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi — 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan shahar madaniyati vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-g’arbdan Hindistonga oriylar kirib kelib, avval Panjob, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi 6-asrda Shimoliy Hindistonning Sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Magaya davlati bo’lgan. Miloddan avvalgi 6-4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qadimgi hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha o’zgartirdi. Qullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr o’rtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi Magadha davlati tasarrufida bo’lgan. Magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daryosi havzasining bir qismini Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327-325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afg’onistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shimolning katta qismi Kushonlar qo’l ostiga o’tdi. Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolda yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida Shimoliy Hindistonning talaygina qismi — Sharqda Bengaliya qo’ltigilan garbda Panjob va Katxiyavar yarim oroligacha bo’lgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakataka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud bo’lgan. 2-4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6— 12-asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud bo’lgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimoldagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida Mahmud G’aznaviy Hindiston shimolga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini o’z davlati tarkibiga qo’shib olgan. 12-asr oxiri — 13-asr boshlarida Hindiston shimolni G’uriylar davlati hukmdori Muhammad G’uriy zabt etdi. Uning o’limidan so’ng G’uriy noiblaridan biri Qutbiddin Oyboq Dehli sultonligiga asos soldi. 14-15-asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputanadan tashqari Hindiston shimolda mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda dekanning shimolda Baxmoniy sultonligi paydo bo’ldi. Afg’onlarning lo’diylar sulolasi hukmronligi davri (1451 — 1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qo’shib olindi. 15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yevropalik mustamlakachilar — portugallar kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Lo’diyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858 yilgacha mavjud bo’ldi). 17-asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664 yil Fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar o’rtasidagi o’zaro ichki kurash ingliz va frantsuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya o’rtasida Jaiubiy Hindistonda bo’lib o’tgan janglar (1756-63) natijasida Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi g’olib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini o’z vassallariga aylantirdi. 1803 yil Dehli bosib olingach, Boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram bo’lib qoldi. 1833 yil Ost-Indiya kompaniyasi savdo tashkiloti sifatida gugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuklatildi. Hindiston sekin-asta Buyuk Britaniyaga qishloq xo’jaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-asr o’rtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. 1857— 59 yillarda bo’lib o’tgan mashhur sipohiylar qo’zg’oloni Hindistonning keying taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi. 1858 yil Ost-Indiya kompaniyasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885 yil qator milliy tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy Kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr boshlari unda B. Tilak boshchiligida so’l demokratik oqim shakllandi. 1905-08 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908 yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari bo’yicha bo’lib tashlashga harakat qildi va 1906 yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo bo’lishiga ko’maklashdi. Unga qarshi hindularning hindu maxasabxa (hindularning buyuk Ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. 1-jahon urushi davri (1914— 18)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918 yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri bo’lgan M.K.Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning sat’yagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik ko’rsatish) shaklini targ’ib qildi. Gandi ta’limoti — Gandizm HMK partiyasining rasmiy maf- kurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirg’ini (1919 yil aprel)dan so’ng dekabrda HMK itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi. 1918-22 yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920 yil Bugun Hindiston kasaba uyushmalari Kongressi tashkil etildi. 1923-27 yillarda milliy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927 yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan so’l qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929-30 yillardagi jahon iqtisodiy bo’hroni antiimperialistik harakatni yangi bosqichga ko’tardi. 1930 yil HMK M.Gandi rahbarligida yana bo’ysunmaslik kampaniyasini boshlab yubordi. 1931 yil martda HMK rahbarlari mustamlakachi hukmron doiralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, bo’ysunmaslik kampaniyasi davom ettirildi (1934 yilgacha). 1935 yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish to’g’risida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga ko’ra, viloyatlarning Muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qo’lida qolaverdi. Mamlakatda bu reaktsion hujjatga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi. 1936 yil HMK Imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. 2-jahon urushi (1939-45) davrida Hindiston antifashistik koalisiya tomonida bo’ldi. Urush so’nggida Hindiston bilan Angliya imperializmi o’rtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946 yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar bo’lib o’tdi. 1946 yil 18-23 Fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qo’zg’oloni inqilobiy harakatning yuqori cho’qqisi bo’ldi. Angliya hukumati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini e’lon qildi. 1946 yil avgustda J.Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik harakatining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur bo’ldi. 1947 yil 15 avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat — Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru bo’ldi. 1950 yil 26 yanvarda Hindiston suveren respublika deb e’lon qilindi. Mamlakatda agrar islohotlar o’tkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xo’jaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yo’llari belgilandi. 1964 yil mayda J. Neru vafotidan so’ng HMK partiyasining ahvoli og’irlashdi. 1965 yil kuzda Hindiston — Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966 yil Toshkent uchrashuvida imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat o’rtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos bo’ldi. 1966 yil yanvarda L.B.Shastri vafotidan so’ng J.Neruning qizi — I.Gandi Hindiston Bosh vaziri bo’ldi. 1977 yil martda parlamentga o’tkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) g’olib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947— 77) mobaynidagi birinchi yirik mag’lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M.Desai Hindiston Respublikasining to’rtinchi Bosh vaziri bo’ldi. 1977 yil martdagi mag’lubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha ko’zga ko’ringan rahbarlari Janata partiga o’tib ketdi. 1978 yil yanvarda sobiq Bosh vazir I.Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya — HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 yillar va 2004 yildan HMK [1978 yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston – 1945 yildan BMT a’zosi. 1991 yil 26 dekabrda uzr suverenitetini tan olgan va 1992 yil 18 martda Diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayramlari: 26 yanvar — Respublika kuni (1950) va 15 avgust — Mustaqillik kuni (1947). Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Hindiston milliy Kongressi (I) partiyasi, HMK (1885 yil 28 dekabrda tashkil etilgan)dagi bo’linishdan keyin 1978 yil yanvarda tuzilgan; Bxaratiya Janata parti, Janata parti (1977 yil tuzilgan) ning bo’linishi natijasida 1980 yil aprelda tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988 yil 11 oktabrda tuzilgan; Hindiston Kommunistik partiyasi, 1925 yil 26 dekabrda asos solingan; Hindiston Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964 yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston kasaba uyushmalari kongressi, 1920 yil tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari milliy Kongressi, 1947 yil asos solingan; Hind kasaba uyushmalari Markazi, 1970 yil tashkil etilgan. Xo’jaligi. Hindiston — agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan o’nta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat ko’rsatish tarmog’i 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti ko’p ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi o’rin egallaydi. Qishloq xo’jaligida mayda dehqon xo’jaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 milliondan ortiq fermer xo’jaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 million gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 million gektari faqat ekinzor (35 million gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Qishloq xo’jalik maydonining 20% sug’oriladi. Mamlakatda aholi soni ko’p bo’lishiga qaramay, uning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji to’liq qondirilibgina qolmay, ko’p qismini eksport ham qiladi. Qishloq xo’jalik dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — sholi, bug’doy, tariq, dukkakli don ekinlari va moyli o’simliklar. Hindiston shakarqamish, yer yong’oq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajo’xori, tamaki, qalampir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va hokazolar) yetishtiriladi. Hindistonda kokos palmasi, banan, tsitrus va boshqa mevali daraxtlar ham o’stiriladi. Chorvachiligida qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, yilqi, tuya, parranda boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. O’rmon xo’jaligida qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Sanoatida marganes, slyuda (dunyoda oldingi o’rinlardan birida), toshko’mir, titan, temir rudasi, oltin, tabiiy gaz, xromit neft, boksit va boshqalar qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 380 milliard kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: to’qimachilik (asosan, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, tsement, qog’oz, shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yo’nalishidagi korxonalarning yarmidan ko’pi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish bo’yicha yetakchi o’rinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi. Transportida temir yo’l transporti muhim rol o’ynaydi. Temir yo’llar uzunligi 75 ming kilometr (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yo’llari uzunligi 3 million kilometrdan ortiq. 1984 yil Kalkutta shahrida metropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan Daryo yo’llari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yo’llari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnasi 10366 ming tonna ded-Veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning ko’p shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yo’llari orqali bog’langan. Asosiy aeroportlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, Maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud. Tashqi savdosi . Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol mollari va boshqalar oladi. Tashqi savdoda AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Frantsiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Hindiston rupiyasi. Tibbiy xizmati. Mamlakatda sog’liqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qo’llaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy o’quv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, o’rta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda ko’plab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi ullal, Udili, Mangamuru va boshqalar. Maorifi, madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasalari. Hindiston mustaqillikka erishgan naytda mamlakat aholisining 96% savodsiz bo’lgan. 1949 yilda qabul qilingan Konstitutsiya bo’yicha 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepud majburiy talim joriy etildi. 2005 yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan bo’lib, ularda 120 million kishi shug’ullanadi. Hindistonda xalq ta’dimi tizimi maktabgacha ta’lim muassasalari, boshlang’ich va kichik asosiy maktab, to’liqsiz o’rta va to’liq o’rta maktabdan iborat. Malakali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy o’quv yurtlarida o’qish muddati 5-6 yil va o’qish pulli. Davlat o’quv yurtlari bilan birga xususiy o’quv yurtlari ham mavjud. Mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy o’quv yurtlari: Bombay universiteti, kal-Kutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902 yil tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqalar. Mamlakatda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851 yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon san’ati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi san’at muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla texnologiya muzeyi, Bombaydagi G’arbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J.Neru (1964), M.Gandi (1948) memorial muzeylari. Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar akademiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi. Ilmiy tadqiotlarga ilmiy va sanoat tadqiqotlari kengashi, Atom energiyasi bo’yicha komissiya, qishloq xo’jaligi tadqiqotlari bo’yicha Hindiston kengashi, tibbiyot tadqiqotlari bo’yicha Hindiston kengashi, Universitetlarni mablag’ bilan ta’minlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy Kongressi assotsiatsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy tadqiqot bilan 2,5 million kishi shug’ullanadi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 million nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35 million nusxadan iborat 18 ming jurnal nashr etiladi. Yiriklari: «Indian Ekspress» («Hind eksprsssi», ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1932 yildan), «Xindustan Tayms» («Hindiston vaqti», ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1923 yildan), «Tayms of india» («Hindiston vaqti», ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838 yildan), «Steytsmen» («Davlat arbobi», ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1875 yildan), «Neshnl Gerald» («Milliy xabarchi», ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1938 yildan), «nav Bharat Tayms» («yangi Hindiston vaqti», hind tilidagi kundalik gazeta, 1947 yildan), «Naya patx» («yangi yo’l», oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954 yildan), «Forin affers riports» («xalqaro munosabatlar xabarchisi», ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952 yildan), «hayot» (urdu tilidagi haftanoma, 1963 yildan), «Hindu» (ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1878 yildan), «Hindustan» (hind tilidagi kundalik gazeta, 1933 yildan), «Blits» («chaqmoq», ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi haftalik jurnal, 1941 yildan). Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng yirik axborot agentligi (pti), 1947 yil tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (Yuni), Hindiston matbuot axborot agentligi, 1961 yil tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936 yildan, Umumhindiston televideniesi 1976 yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927 yildan, teleko’rsatuvlar 1959 yildan boshlangan. Adabiyoti. Hind adabiyotining 3 ming yildan ko’proq an’anasi vedalar — sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi 10-4-asrlarda xalq og’zaki ijodida yirik epik dostonlar — «Mahabharata» va «Ramayana» shakllandi. Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari — Puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari to’plamlaridan «Panchatantra», «Xitopadesha», «Vetalapanchavinshati», «Shuksaptati» mashhur. Mualliflik adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo bo’ldi. Sanskrit adabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3-4-asr) va Shudraka (5-6-asr) ham mashhur dramaturg bo’lishgan. Sanskrit adabiyotida BxO-vabxugi (8-asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning «o’n Shahzoda sarguzashti» romani sanskrit badiiy nasrining cho’qqisi hisoblanadi. Milodning dastlabki asrlaridan dravid tillarida, jumladan, Tamil tshshtgi adabiyot rivojlandi. Taxminan 7-asrdan o’rta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va Tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa Kashmir va Sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo bo’lishi va Islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (17— 18-asr), Mir Toqiy, Mirzo G’olib va boshqa urdu she’riyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining rivojlanishi natijasida adabiyotda hind ma’rifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu MIT-tro, Premchand MIT-tro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G.L.V.Derozio, K.Ghosh, T.Datt)ning she’rlarida ingliz ro-mantizmining ta’siri seziladi. 20-asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash hind adabiyotining Markaziy mavzusi bo’lib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor bo’ldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol o’z asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-yillarning o’rtalarida taraqqiyparvar yozuvchilarning harakati vujudga keldi. 20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz tilidagi Nasr paydo bo’ldi (M.R.Anand, N.K.Narayan, X.Chattopadxaya va boshqalar). 1936 yil Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniasiyasi tuzildi. Gandizm adabiyotga chuqur ta’sir ko’rsatdi. Inqilobiy romantik oqim shakllana boshladi (Jo’sh Malihobodiy). She’riyat shakllari yangilandi, Nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda dekadentlik oqimlari ham paydo bo’ldi (I.Jo’shi, M.Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilg’or adabiyotning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yo’qotish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq bo’lgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tug’dirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot ham rivojlangan. 1940-60 yillarda Hindistonda hind progressiv adabiyot namoyandalari A.S.Jafri, S.K.Chouxan, Xo’ja Ahmad Abbos, Yashpal, A.N. Kasmi, A.Nagar va boshqalar o’z asarlarida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ko’tarib chiqib, jamiyatdagi eng dolzarb masalalarni hal etishga da’vat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M.R.Anand, M.Bondopaddxay, T.Bondopaddxay, G.Singx, R.V. Desai, R.Krishnamurti, R.A.Maxadevan, Vsh’chatxol va boshqalar o’z asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bartaraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning ma’naviy darajasini oshirish kabi muammolarni ko’tarib chiqdilar. Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-Xan, X.Dvidedining g’oyaviy estetik qarashlari mamlakatda-gi ijtimoiy-siyosiy hodisa va jarayonlar bilan chambarchas bog’langan. Yozuvchi I.Jo’shi hind adabiyotida «psixologik adabiyot» vakili sifatida namoyon bo’ldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara o’z asarlarida mustaqil Hindistonning ijtimoiy muammolarini haqqoniy tarzda tasvirladi. 1980-90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Duggal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar. Me’morligi. Hindistonda miloddan avvalgi 3-1- ming yilliklardayoq mudofaa, xo’jalik va turar joy binolari, bog’ va suv havzalari bo’lgan yirik shaharlar (Sanghol, lothal, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi 4-2-asrlarda ulkan qal’a, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga mo’ljallangan inshoot — stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, g’or ibodatxonalari (Karlida, miloddan avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 7-asr) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan to’rt kolonnali peshayvondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda yaxlit qoyatoshni o’yib ishlangan ibodatxona, 8-asr) paydo bo’ldi. 6-7-asrlarda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shimoliy (Madhya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi Janub (Maxabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibodatxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras shahrda hindular ibodatxonalari qurildi; shaharda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dehlidagi qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1193 yildan qurila boshlangan) hamda mustahkam qal’a devorlari bilan o’ralgan shaqarlar (siri, Jaqonpanoh, Tug’laqobod, Feruzobod; hammasi 14-asrda hozirgi Dehli hududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil bo’lgach, Hindiston me’morligi yuksak cho’qqilarga erishdi: shahar va qal’a qurilishi san’atining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollohoboddagi qal’alar, «Fatehpur-Sekri» shahar-qal’asi, 1569-84), qubbasimon maqbaralar (Dehlidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi. Qurilishda marmar eng ko’p ishlatiladigan qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda Hindistonning ayrim hududlarida me’morlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. 17-asrda «Marvarid» nomi bilan atalgan masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi rang Mahal saroyi, durlar bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi — Oltin ibodatxona bunyod etildi. Baromi (Rojasthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh) dagi ibodatxonalar hind me’morligining bebaho yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa me’morligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bog’liq bo’lgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi (Chandigarx, 1951-56, Le Korbyuze boshchiligidagi me’morlar guruhi; Bxilai, 1963 yildan qurila boshlangan, hind me’morlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, me’mor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960-63, me’mor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi texnologiya instituti (1963, me’mor A.Kanvinde), Bombaydagi «Tojmahal» mehmonxonasi (1975). Tasviriy san’ati. Hindiston janubida tosh davriga oid g’orlardagi rasmlar, qizdirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida miloddan avvalgi 3-2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat san’ati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan bo’rtma muhr- tumorlar, haykalcha va boshqalar). Miloddan avvalgi 4-2-asrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan ma’budalar haykali, Sarnatxadan topilgan «Sherali kaptel»). Milodiy 1— 5-asrlarda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5-7-asrlarda devoriy rassomlik gullab yashnadi (Ajantadat g’or ibodatxonalar). 10— 12-asrlarda bronza haykaltaroshligi keng tarqaldi [raqs tushayotgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak san’ati va kitob miniatyurasi taraqqiy etdi. O’rta asrlarda Hindistonda miniatyura san’ati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan Gujarot maktabi mashhur bo’lgan. 16-asrda miniatyura san’atining Boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy bo’lishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va animalistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida Hindiston professional san’ati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam to’qish, kashtachilik, to’qish, fil suyagi va yog’och o’ymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar) taraqqiy etdi. 19-asr oxiridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-asr boshlarida, «Bengaliya uyg’onish davri»da ko’p rassomlar milliy an’analarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-Markar va boshqalar). Hindiston tasviriy san’atida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Rassomlar D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija, S.N.Banerji, haykaltaroshlar K.Sen, Ch.Kar, P.D.Gupta, grafiklar X.Das va boshqa milliy san’at an’analarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak san’ati ham rivojlangan. Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega bo’lib, dunyoda eng qadimgi va o’ziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bog’liq. Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari («Vedalar» — «rigveda», «Samaveda», «Atharvaveda» va «Yajur-Veda»; miloddan avvalgi 2-1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar o’z aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musiqaning yuzaga kelishini bevosita «Samaveda» bilan bog’lashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan «Natyashastra» risolasida asoslab berilgan (taxminan milodiy 3-4-asrlar), Matanganing «Brihadeshi» risolasida (5— 7-asrlar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Sharangadevaning «Sangitaratnakar» 7 jildli to’plamida (13-asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa masalalar yoritilgan. Ramamatyaning «Svaramelakalanidhi» (16-asr) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (Thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli bo’lmish usullar birlashuvi ma’nosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida kuesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam bo’lgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan. 13-asrdan boshlab shimoliy Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va O’rta Osiyo xalqlarining badiiy an’analari, musulmon san’ati ta’sirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shimoliy («hindustani») va Janub («karnatak»). Janubiy Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan an’anaviy xonandalik san’ati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qo’shiqchilik janrlari — kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15-16-asrlar; Kshetrayn, 17-asr), Kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18-19-asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari — tillana (18-asr), javalli (19-asr) va boshqalar keng o’rin olgan. Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan «dhrupad» (Svami Haridas, Miyan Tansen, 16-17- asrlar), xonandalikda, so’ngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli «xayal» (manbalarda uning asoschisi Amir Xusrav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng o’rin olgan. Mumtoz musiqa sohasida «thumri», «g’azal», «Kavalli», so’fiyona «kalam», shuningdek, «dad-ra», «tappa», «Tarana»lar ham mavjud. Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs san’ati shakllari asosida an’anaviy musiqiy teatr turlari — Jatra, yakshagana, tamasha va boshqalar tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga Bharat natyam, kathakali, kathak, manipuri, odissa va boshqalar kiradi. Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular ko’p tillarda so’zlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholg’ularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, Singh, tiruchinnam, karnay, Murali, mohori, nagasar, torli-chertma ektara, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqalar keng o’rin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, surnay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, ghatam va boshqalar ommalashgan. Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (19-asrning 1-yarmi va 20-asrning o’rtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni boshlab berdi. Rabindranat Tagorning ijodi yorqin sahifa bo’lib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy musiqa merosini o’rganishga qiziqish kuchaydi. Yangi o’quv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala san’at markazi (1930), Xalq san’atini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va boshqalar. Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu digambar Paluskar, Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini rivojlantirishda o’z ilmiy asarlari bilan katta hissa qo’shdilar. Hindiston mustaqillikni qo’lga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qo’yildi (Shila Vatsning «qotgan yer», G’ulom Haydarning «bo’ysunmas panjob», S.Shankarning «Poezd», G.D.Madgulkarning «Ram haqida qissa» va boshqalar). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil bo’lib qoldi, unda milliy va G’arbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uyg’unlashgan. Natijada kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qo’shiqlar yaratildi. 1960-90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar, S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal, S.D.Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda. Ular bastalagan kuy va qo’shiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey, Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, usha Mangeshkar, shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paudval, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va boshqalar ijro etishgan. Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S.R.Vyas va Malikarjun Mansur (xonandaraga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonandaraga), Mukesh Sharma (sarod), irshad Xan (setor va surbahor), Ustad Zokir Huseyn va ilmas Huseyn Xon (tabla), Jagjit Singh (xonanda-g’azal), G’ulom Ali (xonanda-g’azal), Gulfam Ahmad (sarod va rabab) va boshqalar mashhur. Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, universitetlarda musiqa fakultetlari mavjud. Musiqa san’ati sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, san’atkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar, musiqa san’atiga oid konferentsiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar faoliyat ko’rsatmqkda; bular orasida — Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak akademi), Bombay ijrochilik san’ati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targ’ibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani bajarmoqda. Teatri. Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo bo’lgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, o’yin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalq teatrining asosiy shakllari hozirgacha yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi hind epik dostonlar — «Ramayana» va «Mahabharata»ti olib o’ynaladigan sahnalar tashkil qilgan. Uning eng ko’p tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari — Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. An’anaviy teatrlarning yorqin va ta’sirli vositalaridan biri raqsning Bharat-natyam, kathakaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi ko’p geatrlarning xoreografik asosini Bharatnatyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. G’arbiy Bengaliya va Orissada Jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda o’tkazilgan, sahna va dekorapiyalar bo’lmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa rayonlari — Maharashtra (tomosha), Kashmir (Joshi), Rojasthon (svangi) da ham bo’lgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyotida xalq teatrlarining ta’siri kuchli bo’ldi. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. 12 — 13-asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-asrda malabar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qo’yiladigan diniy mavzudagi teatr paydo bo’ldi. Bu teatrning sodda turi — tulal 18-asrgacha saqlandi. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning o’sishi Yevropa tipidagi teatrni vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872 yil Bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr san’ati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. 19-asrning 2-yarmi — 20-asrning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo bo’lishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi bilan bog’liq. 20-asrning 40-yillari professional va havaskor teatr jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943 yil asos solingan) ga birlashdilar. Mustamlakachilik tuzumining so’nggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining turli shakllari paydo bo’ldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr san’ati rivoj topdi. 1953 yilda musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kalkuttada «Bohurupiy», «Star», «Rangmahal», «Minerva», teatr markazi, «Tarun opera», Dehlida «yangi teatr», Bombayda «dramatik vint» teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Banoras, Puna va boshqa shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qo’g’irchoq teatri ham teatr tomoshalarining eng qadimgi turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan. Kinosi. Hindistonda birinchi film 1912 yilda ishlangan («Roja Xarishchandra», rejissyor D.G.Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931 yil ekranga chiqdi («dunyo nuri», rejissyor A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilg’or ijtimoiy g’oyalar bilan sug’orilgan «Devdas» (1935, rejissyor P.S. Baruat), «Kutmagan edilar» (1936), «qo’shnilar» (1939, ikkalasining rejissyor V.Shantaram) kabi filmlar yaratildi. 1947 yil axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya bo’limi tashkil etildi. Xalq haetini haqqoniy aks ettirgan filmlar paydo bo’ldi («Yer farzandlari», 1946, rejissyor Xo’ja Ahmad Abbos; «mazlumlar», 1949, rejissyor N.Ghosh). 1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy masalalariga bagishlangan «Daydi» (1951, rejissyor R.Kapur). «Ikki bigha yer» (1953, rejissyor B.Roy), «Yo’ldosh» (1953, rejissyor X.A.Abbos) yaratildi. Rejisyor S.Reyning «yo’ldagi qo’shiq» (1955), «yengilmaganlar» (1957), «Apulning dunyosi» (1959)dan iborat kinotrilogiyasi jahon kino san’atida muhim voqea bo’ldi. Usha davrda rejissyor G.Datt «Qog’oz gullar», «chanqoqlik», «oy nuri» filmlarini yaratdi. 1960-yillarda ko’ngilochar musiqali filmlar yaratadigan Bombay studiyasidan farqli o’laroq Real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta kino maktabi vujudga keldi («xor», 1975; «parashuram, 1978, ikkalasining rejissyor M.Sen; «Raqib», 1970; «uzoq momaqaldiroq» 1973, ikkalasining rejissyor S.Rey; «Mantxan», 1977, rejissyor Sh.Benegal). 1970-yillarda rejissyor Ya.Chopraning «Sho’la», «Qaerdadir, qachondir», prodyuser R.Kapurning «bobbi», rejissyor R.Reddining «Dafn marosimi» filmlari ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissyor M.Kumarning «Inqilob», rejissyor B.R.Chopraning «Yonayotgan poyezd», rejissyor A.Gopalakrishnanning «Yuzma-yuz», rejissyor G.Aravindoning «Oridad» filmlari shuhrat qozondi. 1990- yillarda rejissyor A.Chopraning «Dsvona dil», prodyuser M.Kumarning «betob», «Yarador» kabi vatanparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan filmlari ekranga chiqdi. Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl, D.Kumar, M.Ku-Mari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar, Ts.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji, A.Patel, M.Dikshid va boshqalar mashhur. Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqarilali. 1960 yil Puna shahrida kinematografiya instituti ochilgan. 1954 yildan Bombayda har yili butun Hindiston kinofestivali o’tkaziladi. Hind kino san’ati vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi kinofestivallarida faol qatnashib, ko’plab mukofotlarni qo’lga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14% ni tashkil etadi. O’zbekiston — Hindiston munosabatlari. O’zbekiston bilan Hindiston o’rtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 yil O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston O’zbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari o’rnatdi va ikki mamlakat o’rtasida teng huquqli aloqalar yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi bilan Hindiston o’rtasida munosabatlarning huquqiy asosini turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga solib turuvchi davlat, hukumat va muassasalararo hujjatlar tashkil etadi. 2005 il.gacha ikki davlat o’rtasida 60 ga yaqin rasmiy hujjat imzolandi. 1992 yil Toshkentda Hindistonning Bosh konsulxonasi (1988 yil tashkil etilgan), 1994 yil Dehlida O’zbekiston Respublikasi konsulxonasi (1992 yil tashkil etilgan) elchixonaga aylantirildi. Shu davr mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 4 marta (1991, 1994, 2000, 2005) rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo’ldi. 1993 yil rasmiy tashrif bilan Hindiston Bosh vaziri narasimxo Rao O’zbekiston Respublikasiga kelgan. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy asoslarni tashkil qilgan bir qator iqtisodiy bitim va hujjatlar, jumladan, «savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi bitim», «investitsiyani o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’grisidagi bitim», «Ikki tomonlama soliq solishga yo’l qo’ymaslik to’grisidagi bitim» bilan muvofiqlashtiriladi. 1993 yilda ikki mamlakat o’rtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo qo’shma komissiya doimiy faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 1993— 2005 yillarda bu komissiyaning 5 ta yig’ilishi bo’lib o’tdi. 2003 yil 24-26 martda Toshkentda Hindiston savdo ko’rgazmasi bo’lib o’tdi; unda Hindistonning yirik korxona va kompaniyalari ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2005 yil apreldagi Hindistonga tashrifi chogida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik bo’yicha hukumatlararo hujjatlar imzolandi. mudofaa vazirliklari o’rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitim, O’zbekiston tashqi iqtisoliy aloqalar agentligi bilan Hindiston davlat savdo korporatsiyasi o’rtasida anglashuv memorandumi, «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan Hindiston sayyohlikni rivojlantirish korporasiyasi o’rtasida anglashuv protokoli, O’zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan Hindiston savdo-sanoat palatalari federatsiyasi hamda Hindiston eksport tashkilotlari Federatsiyasi o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar, O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Hindiston davlat banki hamda Hindiston eksport-import banki o’rtasida hamkorlik memorandumlari, «O’zsanoatmashimpeks» davlat aktsionerlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Hindistonning «kompetent» kompaniyalari guruhi o’rtasida savdo uyi tashkil etish to’g’risida memorandum, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan J.Neru universiteti hamda Toshkent Sharqshunoslik instituti bilan Mirzo g’olib instituti o’rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi. 2004 yil mamlakatlar o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 160 million AQSh dollarini tashkil qildi. Hindistondan O’zbekistonga qog’oz va karton, dori-darmon, uskuna, organik va kimyoviy birikmalar keltiriladi. O’zbekiston Hindistonga rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ayrim xizmat turlari, poliz mahsulotlari, ipak va kimyoviy tolalarni yuboradi. Ayni vaqtda O’zbekistonda Hindiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 40 ga yaqin qushma korxona hamda Hindistondagi 4 kompaniyaning vakolatxonasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ikki mamlakat o’rtasida axborot texnologiyalari, kon sanoati, madaniyat, fan, texnika va ta’lim sohasida hamkorlik rivojlanmokda. Ikki mamlakat olimlari ishtirokida ilmiy simpozium, Seminar va anjumanlar o’tkazish odat tusiga kirgan. Mamlakatlar tarixi, musiqa, adabiyot, arxeologiya, me’morlik, tibbiyot, biologiya, kosmik fazoni o’rganish, geologiya va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlik yo’lga qo’yilgan. 1991 yil Hindistonda buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bag’ishlangan O’zbekiston madaniyati va san’ati kunlari o’tkazildi. 1992 yil oktabrda O’zbekiston mustaqilligining bir yilligiga bag’ishlab Dehli shahrida o’zbek madaniyati va san’ati festivali bo’lib o’tdi. Shu yil noyabr oyida o’zbekistonlik taniqli rassom Akmal Nuriddinovning ko’rgazmasi namoyish etildi. 1993 yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi Hindiston va O’zbekistonda keng nishonlandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning rivojlanishida 1994 yil Hindistonning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzurida faoliyatini boshlagan Hindiston madaniy markazining hissasi katta. Temur G’iyosov.