HUJJATLASHTIRISH

HUJJATLASHTIRISH – korxona xo’jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Har bir xo’jalik operatsiyasi tegishli hujjatda rasmiylashtiriladi. Bu holat, odatda, operatsiyalar sodir bo’layotgan paytda amalga oshiriladi va hisobning boshlang’ich davri hisoblanadi. Hujjatlardan keyinchalik xo’jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni guruhlashtirish va qayta ishlov berishda foydalaniladi. Hujjatlarda mansabdor mas’ul shaxslarning imzosi bo’lmasa, bunday hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.