HUKUMAT INQIROZI

HUKUMAT INQIROZI — siyosatining tanazzulga yuz tutishi yoki mamlakat aholisining unga nisbatan ishonchsizlik bildirib hukumat iste‘fosini talab qilishi va hukumatning biror bir vazifani uddalay olmasligi oqibatida hukumatning qisman yoki to’liq iste‘foga chiqishi. Agar hukumat yuzaga kelgan vaziyatni uddalay olmasa, parlament uni qo’llab quvvatlashdan bosh tortadi va vazirlar mahkamasini istefoga chiqaradi. Hukumat inqirozi lider-yetakchilar va boshqaruv shaklini almashuviga olib kelishi mumkin.