IBERIYA

IBERIYA, Iveriya (Iberia — iberlar nomidan olingan) — 1) Sharqiy Gruziya (Kartli) ning qadimgi nomi. Miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 3-asrlarda Iberiya hududida davlat barpo etilgan. Iberiyaning aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullangan. Poytaxti — Mtsxeta, shuningdek, Urbnisi, Uplissix va boshqa shaharlarda kulolchilik, zargarlik va savdo rivojlangan. Milodiy 337 yilda xristianlik davlat dini deb e’lon qilingan. Milodiy 4-asr oxirlarida Iberiya Eronga tobe bo’lgan. 5-asrda Iberiya podshohi Vaxtang I Gorgasal sosoniylarga qarshi qo’zg’olonga boshchilik qilgan, lekin forslar qo’zg’olonni bostirib shoq hokimiyatini tugatganlar hamda Iberiyani o’z viloyatlariga aylantirganlar; 2) Ispaniyaning qadimgi nomi (miloddan avvalgi 3-asr oxiri — 2-asrlarda rimliklar tomonidan bosib olingunga qadar). Pireney yarim orolining- Janub va Sharqiy qismida yashovchi tub joy aholi iberlar qabilasi nomidan olingan. Iberiya atamasi dastlab yunon tarixchi alibi Gekatey Miletlik (miloddan avvalgi 6-asr) asarida uchraydi.