Ifodali harakatlar

Ifodali harakatlar – turli psixik (ayniqsa, hissiyotli) xrlatlarda yuzaga kelib, shu holatlarning tashqi alomati va ifodasi bo’lgan harakat. Mimika, pantomimat yaqqol namoyon bo’ladi. Keng ma’noda hissiyotli kechinmalarni ifodalovchi tovush ohanglarini, shuningdek, bu kechinmalar bilan ayni vaqtda qon tomirlari, nafas organlari, sekresiya bezlarida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni ham o’z ichiga oladi. Ifodali harakatlar hissiyotli kechinmalarni mufassal va ta’sirli ifodalashda turli voqsalar tafsilotini boshqa kishilarga yetkazishda muhim rol o’ynaydi. Undan aktyorlar, so’z ustalari, pedagoglar keng foydalanadi. Olimlar faqat odamdagi va yuksak rivojlangan hayvonlardagi Ifodali harakatlarni emas, balki sudralib yuruvchi hayvonlar, baliklar, qushlarning Ifodali harakatlarini ham o’rganadilar (bu ishlar, ayniqsa, etologiya doirasida keng miqyosda olib boriladi).