Immunodiagnostika

Immunodiagnostika (immunitet va diagnostika) — amaliy immunologiyaning bo’limi; infektsion kasalliklarni serologik tekshirishga asoslangan bakterioliz; agglyutinatsiya, presipitasiya va boshqa diagnostik reaktsiyalar yordamida aniqlash. Yuqumli kasalliklardan tashqari, qon guruhini aniqlashda va sud tibbiyotida krnning odam yoki hayvon qoni ekanligini bilishda ham Immunodiagnostika usullaridan foydalaniladi. Veterinariyada hayvonlarning ko’pgina yuqumli kasalliklarini, shuningdek, kasal va mikrob tashuvchi hayvon turlarini aniqlashda Immunodiagnostika qo’llaniladi. Sil, brusellyoz, manqada Immunodiagnostika ma’lum reja asosida muntazam ravishda olib boriladi. Hozirgi Immunodiagnostikaning faqat qon, zardobga emas, balki hujayralar va molekulyar darajadagi yangi usullari ishlab chiqilgan, ular odamning immun holatini, ko’pgina kasalliklarga irsiy moyillik borligini, ayniqsa orttirilgan immun tanqislik sindromi (SPID) kabi nihoyatda xavfli kasalliklarni yashirin davrida aniqlash imkoniyatini beradi.