IMMUNOKIMYO

IMMUNOKIMYO — immunologiyaning immunologik hodisalarning molekulyar asoslarini fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida o’rganadigan bo’limi. Immunoglobulinlar (antitelolar), antigenlar tuzilishini, antitelolar bilan antigenlar o’rtasida boradigan reaktsiyalarni o’rganish tufayli Immunokimyo fan sifatida rivoj topdi. Immunokimyo immunokomponent hujayralar yuzasi membranalarining tuzilishi, immun javobda bu hujayralarning o’zaro ta’sir etish omillarini, limfositlarning ko’payishiga olib keladigan reaktsiyalar mexanizmini ham o’rganadi. Antitelolar tegishli antigenlar bilan o’zaro ta’sir etishiga asoslangan immunokimyoviy tahlil usullaridan biologiya, tibbiyot va qishloq xo’jaligida keng foydalaniladi.