IMMUNOPROFILAKTIKA
IMMUNOPROFILAKTIKA (immunitet va profilaktika) — amaliy immunologiyantg bir bo’limi. Immunitet hosil qilish uchun organizmga vaktsina, immun zardob, gamma-globulin kabi immunologik preparatlar yuborib, infektsion kasalliklarning oldini olish. Poliomielit, difteriya, qoqshol, qizamiq, sil, ich terlama, virusli A va B gepatit kabi infektsion kasalliklarga qarshi emlash. Odamning virus infektsiyasiga qarshi vaktsina topish Immunoprofilaktika oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
O‘xshash so‘zlar
- IMMUNOTERAPIYA
- IMO-ISHORA TILI
- Imom
- IMOM RIZO ANSAMBLI
- Imomaliev Abduvali
- Imomi A’zam, Abu Hanifa No»mon ibn sobit al-Ko’fiy
- Imomiylar
- Imomlik, imomat


