Infant, Infanta

Infant, Infanta (ispancha va portugalcha infante, lotincha infans-yosh, go’dak so’zidan)-Ispaniya va Portugaliya (1910 yilgacha)da barcha shahzoda va malikalarga berilgan unvon. Ispaniyada Infant Asturiya shahzodasi degan nom oladi. Portugaliyada esa unga Braziliya shahzodasi (Braziliya mustaqillikka erishgunga qadar) unvoni taqdim etilgan. XIV asrdan Aragon, Kastiliya, Leon va Navarra qirolliklarida taxt vorislari shahzoda deb atalgan, qirol oilasining boshqa farzandlariga Infant unvoni berilgan.