Interdikt

Interdikt (lotincha interdictum-taqiqlash)-katolik cherkovida papa yoki yepiskop tomonidan joriy etilgan toat-ibodat va diniy marosimlarni vaqtinchalik taqiqlash. Ko’pincha shahar yoki mamlakatning barcha aholisiga kamdan-kam hollarda esa alohida shaxslarga qo’llangan. XI-XII asrlarda Interdikt cherkovning dunyoviy hokimiyat vakillari bilan kursh vositasi edi. Quyidagi Interventsiya holatlari ma’lum: Adrian IV 1153 yili Rimga, Aleksandr III 1181 yili Shotlandiyaga, Innokentiy III (1208-1213) Angliyaga, Ioann XXII 1322 yili Germaniyaga, Grigoriy IX 1376 yil martda Florentsiyaga, Pavel V 1608 yili Venetsiyaga Interdikt joriy etgan.