INFLYATSIYA
INFLYATSIYA (lot. shishish, ko’pchish, ko’tarilish) – mamlakatda muomalada yurgan qog’oz pul miqdorining xo’jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo’linadi
- Biror omil tufayli kelib chiqqan inflyatsiya.
- Kredit inflyatsiyasi – kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi.
- Sudraluvchan inflyatsiya – sekinlik bilan rivojlanib boradi.
- Sakrovchan inflyatsiya – tez sur’atda rivojlanib boradi.
- Ma’muriy inflyatsiya – narx-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi.
- Ijtimoiy inflyatsiya – mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo’lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo’lishi oqibatidagi chiqimlarning o’sishi ta’sirida narx-navoning o’sishini yuzaga keltiradi. Bunday holat xo’jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo’shimcha pul chop etish natijasida yuzaga keladi.
O‘xshash so‘zlar
- INFLYATSIYA
- INFLYATSION SOLIQ
- INFLYATSIYA SUR’ATI
- INFLYATSIYA DARAJASI
- INFORMATSIYA
- INGLIZCHA AUKSION
- INJINIRING
- INJINIRING FIRMALARI


