«Inson komediyasi»ning yaratuvchisi kim?

Onore de Balzak (1799-1850) — nainki XIX asrning eng mo’tabar romannavislaridan biri. U — endilikda ushbu e’tirof bobida hamma yakdildir — asr romannavislari orasida eng buyugidir. Balzak butun boshli bir olam yaratdi, va bu olam bir vaqtning o’zida uning zamonasiga ham va umuman butun davrlarga ham tegishli sanaladi. Balzak ijodining eng muhim xususiyati shundaki, u nafaqat bizga shunchdki ko’psonli romanlar emas, balki butun boshli jamiyatning tarixini qoldiroldi; asarlarining qahramonlari — ishboshilar, shifokorlar, sudyalar, davlat arboblari, savdogarlar, sudxo’rlar, oqsuyak xonimlar, fohishalar — bir asardan boshqasiga ko’chib yuraveradi, bu narsa Balzak yaratgan olamga barqarorlik va ishonchlilik baxsh etadi. O’zining «Inson komediyasi» dek muhtasham epopeyasida Balzak tasavvuri bilan yaratilgan olamning yaxlitligi va birligini mustahkamlaydi va shu asnoda ijodining bag’ri butunligini ta’minlaydi. Yagona tizimga solingan ko’psonli romanlarini u o’z epopeyasi tasarrufiga kiritdi. «Inson komediyasi» — bu, XIX asrning birinchi yarmidagi fransuz jamiyatning tarixi. «Gorio ota», «Xolavachcha betta», «Yevgeniya Grande» — epopeyaning umurtqa romanlari bo’lib, ular haqiqiy ma’nodagi adabiy durdonalardir.