Ion asboblar

Ion asboblar (elektron asbo- blar) — elektr vakuumli gaz razryadli as- boblar. Ishi siyraklashtirilgan gazlar orqali elektr toki o’tishi na-tijasida hosil bo’ladigan jarayonlarga asosla- nadi. I. a.ning eng sodda xili anod (qizdirilgan yoki sovuq katodli) bo’lib, uning elektrodlari inert gazlarga (Ge- liy, neon, argon, Kripton, ksenon) va si- mob bug’lari b-n to’ldirilgan shisha yoki keramika ballonlar ichiga joylashtiril- gan bo’ladi. Asbob elektrodlariga kuchla- nish berilganda qizdirilgan katoddan chiqayotgan elektronlar ballondagi gaz atomlari (molekulalari) b-n to’qna-shib o’z energiyalarini beradi. Kuchlanishning ma’lum qiymatida elektronlar energiya- si gaz atomlarini uyg’otishga va ionlash- tirishga etarli bo’lib qoladi. Shu payt- da gaz razryadlari hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan mus-BAT zaryaddi gaz ionlari mu- xitdagi elektronlar zaryadini qoplaydi. Shu sababli I. a. kichik ichki karshilik tufayli o’zidan o’n minglab amperli to- klarni o’tkazish qobiliyatiga ega bo’ladi. I. a. kuchlanishni barqarorlash, elektr tokini o’zgartirish (to’g’rilash), elektr energiyasini yorug’lik energiyasiga aylan- tirish, elektr zan-jirlarni kommuta- tsiyalash (qayta ulash) va b. uchun ishlati- ladi. Gazotron, ignitron, stabilitron, tiratron I. a. jumlasiga kiradi.