IONI ORDERI

IONI ORDERI, ioniy orderi — yunon me’morligida (miloddan avvalgi 5-asr) vujudga kelgan asosiy 3 orderlardan biri. Yunonlarning ioni qabilasi yaratgan, nomi ham shundan. Ioni orderining ko’rinishi sodda va nafis. O’zbekistonda 19-20-asrlarda Yevropa uslubida qurilgan binolarning ustun (kolonna)lari Ioni orderi asosida ishlangan.