Isfara qatlamlari

Isfara qatlamlari – Janubiy Farg’onaning Isfara daryosi havzasidagi cho’kindi jinslar. Paleogen sistemasining Eosen bo’limiga mansub. 1935 yil O. S. Vyalov birinchi marta o’rgangan. Isfara qatlamlari yashil rangli gillardan iborat. Isfara qatlamlari dastlab yarus (1958), «qatlam», keyinchalik (1960) «svita» deyilgan, hozir gorizont (1999) deyilmoqda. Isfara qatlamlaridan shu qatlamga xos dengiz ustrisalari (Isocardia eichwaldi Rom. Ostrea plicata Sol.)HHHr toshqotgan qoldiqlari topilgan. Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston, Toshkent atrofida Isfara qatlamlari bor, o’rtacha qalinligi 20-30 metr. Neft va gaz hosil bo’lishida Isfara qatlamlarining ahamiyati muhim.