Ishchi aristokratiyasi

Ishchi aristokratiyasi (inglizcha labour aristocracy)-ishchilarning yuqori daromad oladigan qatlami. XIX asr o’rtalarida Buyuk Britaniyada yuzaga kelgan. Boshqa ishchilardan moddiy ahvolining ancha to’kisligi va ijtimoiy evrilishlarga toqatsizligi bilan ajralib turgan. Mazkur holat markschi ideologlarning ishchilar harakati hamma joyda umummilliy qiyofa kasb etgan degan da’volari xatoligini ko’rsatadi.