ISLOHOT

ISLOHOT — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni tubdan o‗zgartirish, qaytadan tuzish, yangidan tashkil qilish. Islohot rasman – har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida Islohot deyilganda ko’p yoki oz darajadagi ilg’or qayta o’zgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiyiqtisodiy o’zgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda to’g’ri belgilab olish muhimdir. Islohotlar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, ma‘naviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va boshqalar o’ziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, ma‘rifiy, huquqiy va shahar k. sohalarida alohida yoki bir necha sohalarida bir yo’la Islohot qilinishi mumkin. Islohot vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichma-bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli bo’ladi.