Islomov Hojisiddiq

Ma’nosi

Islomov Hojisiddiq (1893, hozirgi Farg’ona viloyati, Log’on qishlog’i — 1933, Toshkent) — ilk o’zbek professional aktyorlaridan. O’zbek teatri aktyorlik san’atida komediya janrining rivojlanishiga samarali hissa qo’shgan. Moskvadagi o’zbek drama studiyasida tahsil olgan (1924-27). 1917-24 yillarda Hamza tuzgan Farg’ona o’lka sayyor truppasida, 1927-33 yillarda Hamza teatrida aktyor. O’zbek xalq an’anaviy teatrini zamonaviy teatr bilan bog’lashga intilgan, hajviy obrazlar yaratgan. Eng yaxshi rollari: domla («hujum»), tabib («Halima»), domla («Tuhmatchilar jazosi»), Pantalone («Malikai Turandot»), Osip («Revizor») va boshqalar. Xushovoz xonanda ham bo’lgan. Kontsertlarda kulgili qo’shiqlar aytgan, qiziqchilik qilgan, Mirshohid Miroqilov bilan hajviy duet yaratgan.

O‘xshash so‘zlar

I harfi: barcha so‘zlar