Izonitrillar

Izonitrillar (izosianidlar, karbilaminlar) — umumiy formulasi RNC (bu yerda R — organik radikal) bo’lgan organik birikmalar, tsianid kislota hosilalari, nitrillar izomerlarining Izonitrillar nitrillaridan farqi shuki, ularda CN guruhi organik radikal bilan azot orqali bog’langan: R—NsC; nitrillarda esa organik radikal bu guruh bilan uglerod orqali bog’langan bo’lib, R— C=N tartibida joylashgan. Galogenalkillar bilan kumush tsianidning o’zaro almashinishidan va boshqa yo’llar bilan olinadi. Masalan, CH3I+AgCN->CH,NC+AgI. Oddiy Izonitrillar qo’lansa hid chiqarib, tubidan qaynaydigan suyuqliklardir. Izonitrillar mineral kislotalarning suvdagi eritmasida gidrolizlanib, birlamchi aminlar va chumoli kislota hosil qiladi. Izonitrillar organik sintezda muhim oraliq mahsulot bo’lib, turli geterosiklik birikmalar, peptidlar va boshqalar olishda, birlamchi aminlarning sifat analizida qo’llaniladi.