Izotropiya

Izotropiya, izotroplik (izo… va Yunoncha tropos — burilish, yo’nalish) — muhit (jism) fizik xossalarining turli yunalishlarda bir xil bo’lishi. Xossalari barcha yunalishlarda bir xil miqdor (skalyar) bilan ifodalanadigan jism izotrop jism deyiladi. Odatdagi sharoitda barcha gaz, suyukliklar, amorf (smola va shisha) jismlar izotropdir. Bir jismning o’zi muayyan (optik) xossalari bo’yicha izotrop, boshqa (mexanik) xossalari jihatdan esa anizotrop (noizotrop) bo’lishi mumkin. Masalan, kubik sistemadagi kristall optik, issiqlik va elektr xossalari bo’yicha izotrop, chunki bunday kristallda yorug’likni sindirish, issiqlikdan kengayish koeffitsientlari va elektr o’tkazuvchanligi barcha yo’nalishlarda bir xil, birok, elastiklik moduli, uzilish mustahkamligi turli yo’nalishlarda har xil (elastiklik moduli deformasiyalovchi kuchning yo’nalishiga bog’liq) bo’ladi, ya’ni shu kristall bu jihatdan anizotropdir.