Izohorik jarayon

Izohorik jarayon – sistema hajmi o’zgarmagan holda sistemada sodir bo’ladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izohora bilan ifodalanadi. Qattiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlarsa hajm deyarli o’zgarmagani uchun ular, odatda, Izohorik jarayon deb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir bo’ladigan jarayonlar (masalan, portlash jarayoni) da hajm o’zgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni Izohorik jarayon deb qarash mumkin. Izohorik jarayon issiklik mashinalari (masalan, Otto, dizel tsikllari)da uchraydi. Izohorik jarayonda hajm o’zgarishi bilan bog’liq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi o’zgarishi issiqlik yutilishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir bo’ladi va temperaturaning o’zgarishi (ortishi) bosimning o’zgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi Izohorik jarayon Sharl konunit bo’ysunadi, Real gazlardagi Izohorik jarayon Sharl qonuniga bo’ysunmaydi.