Ja’fariy Ali Sardor

Ja’fariy Ali Sardor (1913.29.2, Balrampur, ganda okrugi) — hind yozuvchisi, jamoat arbobi. Urdu tilida ijod qiladi. Dexlidagi universitetni tamomlagan. «Hind xalq teatrlari Assosiasiyasi»ning asoschilaridan biri. «Yangi dunyoga salom!»(1947), «Olamning quyoshi» (1950), «Osiyo uyg’ondi» (1950), «yana bitta orzu» (1965), «qon da’vati» (1978) kabi she’riy to’plamlar va dostonlar muallifi. «Bu kimning qoni?»(1943) pyesasi fashizmga qarshi ruhda yozilgan. Urdu adabiyoti uchun yangilik bo’lgan «oq she’r» va boshqa uslubiy yo’nalishlarda samarali ijod qilgan. «Taraqqiyparvar adabiyot» (1951) nomli kitobida hind adabiyoti tarixini ilg’or ijtimoiy-estetik nuqtai nazardan tahlil etgan. Mirzo G’olib, Mir Toqi Mir kabi urdu adabiyotining yirik namoyandalari asarlarini to’plab, nashr ettirgan.