Jag’ir

Jag’ir (forscha)-XVI-XVIII asrlarda Hindistonda feodal yer egaligining hukmron shakli. Feodal jag’irdor Mulki (Jag’ir)dan o’z foydasiga yer solig’ini undirgan. Olgan yeri evaziga hukmdorning yollagan qo’shinidan bir qismini ta’minlagan. XVII asrgacha Jag’ir meros mulk bo’lmay, balki faqat hukmdor tomonidan in’om qilingan.