Jarchi

Jarchi (turkcha)-o’tmishda hukmdorning el-ulusga qarata chiqargan farmoni, harbiy yurishga chiqish, harbiy safardan qaytish, biror tantanali marosim o’tkazish, ba’zi nomdor shaxslarni taqdirlash yoki jinoyatchilarni jazolash haqidagi oliy buyruqni va shunga o’xshash xabarlarni bozor maydoni yo kishilar ko’p yig’iladigan joylarda baland ovoz bilan e’lon qiladigan shaxs.