Jamoa

Jamoa — kishilarning qadimgi Uyushuv shakli. Bunda ishlab chiqarish vositalari hammaning mulki hisoblangan. Jamoa tamoman yoki qisman o’zini-o’zi boshqargan. Urug’, oila, xonadon, qishloq (qo’shnichilik) Jamoalari mavjud bo’lganligi ma’lum. Rossiyada Jamoa tor tabaqaviy birlik (1861 yilgi dehqonlar islohotidan keyin yer egasi) bo’lib, o’lpon yig’ishda undan vosita sifatida foydalanilgan. Keng ma’noda Jamoa nomi boshqa tarixiy birliklarga nisbatan ham qo’llaniladi (Masalan, diniy Jamoa, dehqonchilik Jamoasi).