Jamoluddin Atoulloh, Jamol al-Husayniy
Jamoluddin Atoulloh, Jamol al-Husayniy (?-1511) — xurosonlik tarixchi. Hirotda yashab ijod etgan. Birmuncha vaqt Husayn Boyqaroning vaziri ham bo’lgan (laqabi Atoulloh Sheroziy). Tarixiy asarlar yozgan. Ulardan eng muhimi «Kitob al-ahbob fiy Siyari an-Nabiy val-ol val-Ashob» («Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam, ul zot- ning xonadonlari va sahobai kiromlari xususida do’stlar kitobi») nomli asaridir. Bu asar Turkiyada qayta-qayta nashr etilgan, qo’lyozma nusxasi Londonda saqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Jamoluddin Husayn Inju
- Jamolzoda, Said Muhammad Ali
- Jamshid
- Jamshidpur, Tatanagar
- JAMUK
- Jamukat, Hamukat
- JANATAS
- JANATAYEVA JUMAGUL

