Jevachi, Jibachi

Jevachi, Jibachi (turkcha)-sovutdor; o’rta asrlarda sovut kiygan otliq va piyoda askar; har xil temir qurol egasi; qurol-aslaha saqlanadigan maxsus ombor-jevaxona mutasaddisi (boshqaruvchisi); harbiy yurish vaqtida podshoh va xonning sovut hamda og’ir qurol-aslahalarini olib yuradigan kichik mansabdor-jibachigiri. Toshkentdagi qadimgi jevaxona o’rni Eski jo’va (jeva so’zinign buzib talaffuz etilishi) deb ataladi.