Jag’irdor

Jag’irdor (forscha)-jag’ir egasi. Jag’irdorlar, asosan, musulmonlardan bolib, feodallar yuqori tabaqasiga mansub kishilar edi. Jag’irdor davlat qo’shini ta’minlagan. Jag’irdorlar dehqonlardan yer solig’idan tashqari boshqa soliqlarni ham undirar, ularni turli qurilish va sug’orish inshootlarida ishlatardilar. Hindiston Respublikasida XX asrning 50-yillarida o’tkazilgan islohot natijasida jag’ir yerlarning talaygina qismi davlat foydasiga musodara qilindi.