JIQ-JIQ
JIQ-JIQ (Scotocerca inquieta) — chumchuqsimonlar turkumining moyqutlar oilasiga mansub kichkina qush, vazni 8-9 gramm. Cho’l va dashtlardagi past bo’yli butalar orasida yashaydi. Yulg’un, ba’zan shuvoqlar orasiga in quradi. O’zbekistonda Qizilqumda uchraydi. Mart—iyunda 5-8 tadan tuxum qo’yadi. Yozda hasharotlar, qishda o’simlik urug’i bilan oziqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- JIRAF
- Jirm, jurm
- Jirmunskiy Viktor Maksimovich
- JIRO
- Jirov
- Jish jo’ja ochuvchi qushlar
- JISKAR D’ESTEN (GISCARD D’ESTAING) VALERI
- JISM





