JIU-JISU
JIU-JISU — yaponcha o’zini o’zi himoya etish va qurolsiz hujum qilish yo’li. Unda raqibning eng nozik joylari — quyosh chigali (qorinda), uyqu arteriyasi, jigar va hokazolarga zarba berish; qo’l va oyoq bo’g’imlarini qayirish, turli tashlanish, bosib olish kabi usullar ishlatiladi. Bunday usullar jismoniy jihatdan baquvvat yoki qurollangan raqibga qarshi kurashda alohida ahamiyatga ega. Jiu-Jisu 13-asrda paydo bo’lgan. Uning asosida dzyudo kurashi kelib chiqqan.
O‘xshash so‘zlar
- Jiyak, zeh
- Jiyda
- JIZZAX
- Jizzax “ZILOLATEKS” aktsiyadorlik jamiyati
- JIZZAX QO’ZG’OLONI
- Jizzax teatri, Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri
- JIZZAX VILOYATI
- JO’GILAR











