JUKOVSKIY

JUKOVSKIY — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar, Moskva daryosi bo’yida, Moskvadan 40 kilometr Janubi-Sharqda. Temir yo’l stantsiyasi, aholisi 100 ming kishiga yaqin (1994). Markaziy aerogidrodinamika instituti, sinovchi-uchuvchilar instituti bor. Rus olimi N. E. Jukovskiy nomiga qo’yilgan.